Maʼlumotlarga koʻra, “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Chacman” rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988-yilda tugʻilgan N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yoʻqotgan.

Oqibatda yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa urilib agʻdarilib, transport vositasida yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.