Maʼlum boʻlishicha, mazkur hodisa joriy yilning 26-noyabr kuni “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 227 kilometr qismida sodir boʻlgan.
Gap shundaki, dovon yoʻlida harakatlanib ketayotgan xorijiy korxonaga tegishli yengil avtomashina yukxonasida yelim idishda boqish uchun yetishtirilgan baliq chavoqlari olib ketilayotgan boʻlgan.

Shu vaqtda harakat xavfsizligini taʼminlay olmaslik oqibatida yengil avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yoʻlga sochilib ketgan.
Mazkur transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Yoʻlga sochilib ketgan baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud boʻlmasdan yigʻishtirib olingan.
