Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, taxminan soat 04:20 larda yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida transport vositasi yon tomonga agʻdarilib ketgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Biroq yuk mashinasidagi mahsulotlar yoʻl qatnov qismiga sochilib ketgan.

Voqea joyiga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, haydovchiga amaliy yordam koʻrsatgan hamda yoʻl-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrgan.

Mutasaddilar haydovchilarni togʻli hududlarda harakatlanishda tezlik me’yorlariga qat’iy rioya qilishga, transport vositasining texnik holatini doimiy nazorat qilib borishga chaqirmoqda.