Loyiha bilan tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi mezonlarni belgilash nazarda tutilmoqda:
a) kichik tadbirkorlikka:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar – oʻrtacha yillik xodimlar soni 10 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
- kichik korxona – oʻrtacha yillik xodimlar soni 100 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 5 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi;
b) oʻrta korxona – yillik xodimlar soni 250 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 15 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
v) yirik korxona – yillik doimiy xodimlar soni 250 tadan ortiq va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 15 mlrd soʻmdan ortiq tadbirkorlik subyektlari kiradi;
g) oʻrtacha yillik xodimlar soni va sof tushum miqdoridan qaʼtiy nazar davlat unitar korxonalari hamda ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari oʻrta korxonalar toifasiga kirmaydi.
Oʻrta biznes korxonalari statistika hisobotlarini faqatgina choraklik asosda taqdim etadilar.
Loyiha bilan oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda, xususan:
- jalb etiladigan chet ellik mutaxassislar uchun qilinadigan xarajatlarning bir qismini qoplash;
- davlat mulki ijarasi uchun xarajatlarning bir qismini qoplash;
- mahsulotlarni eksport qilishda transport bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish;
- fond birjasida obligatsiyalarni joylashtirish orqali jalb qilingan mablagʻlar summasiga foyda soligʻi boʻyicha soliq solish bazasini kamaytirish va boshqalar.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Lola Abduazimova