Cell jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari qandli diabetning ikkinchi turini davolash uchun yangi dorilarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Olimlar SNO-CoA deb nomlangan ferment azot oksidini oqsillarga, shu jumladan insulin retseptorlariga biriktirishini aniqladi. SCAN nitrozilaza insulinning me'yordagi harakati uchun talab qilinadi, ammo qandli diabetga chalingan bemorlarda va sichqonlarda ham uning faolligining oshishi kuzatiladi.
Tajribalar SCAN fermenti bloklangan sichqonlar qandli diabetdan kamroq aziyat chekishini ko'rsatdi, bu esa oqsillarda azot oksidning ortishi bunday kasalliklarga sabab bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.
Ko'pgina kasalliklar, jumladan, Alsgeymer kasalligi, saraton, yurak yetishmovchiligi va diabet azot oksidining oqsillar bilan haddan tashqari ko'p birikishi tufayli yuzaga keladi yoki tezlashadi, deb xabar beradi lenta.ru.