Qandli diabeti bor bemorlarga tish uchun implant qoʻyish mumkinmi?

    Aholini sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi mutaxassislarining taʼkidlashicha, qandli diabet kasalligi tish uchun implant qoʻyishga qarshi koʻrsatma hisoblanmaydi.

    Qandli diabeti bor bemorlar uchun har qanday operatsiya xavfli hisoblanib, bu nafaqat jarrohlik amaliyotiga, balki yaraning holati va bitishiga ham bogʻliq.

    Agar bemor endokrinolog shifokor koʻrigidan muntazam ravishda oʻtib tursa, qonda qand miqdorini nazorat qilsa, parhezga rioya qilsa, kasallikning oʻtkir turiga oʻtib ketishining oldini olishga harakat qilsa tish uchun implant qoʻyish mumkin. Buning uchun birinchi navbatda endokrinolog shifokor bilan maslahatlashish va kerakli tekshiruvlardan oʻtish lozim.

    Qonda qand miqdori baland boʻlsa yoki boshqa shikoyatlar bezovta qilsa, avval ularni davolab, keyin stomatologga murojaat qilish kerak.