Ta'kidlanishicha, tashxis qo'yish uchun dasturga faqat 6 dan 10 soniyagacha bo'lgan ovozli yozuv va inson salomatligi, jumladan uning jinsi, yoshi, bo'yi va vazni haqidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi. Mazkur dastur ayollarda 89 foiz va erkaklarda 86 foiz aniqlikda tashxis qo'yadi.

Tadqiqotda 267 nafar ko'ngilli ishtirok etdi, ular orasida qandli diabetning ikkinchi turiga chalingan va sog'lom bemorlar ham bor edi. Ular 2 hafta davomida kuniga olti marta iboralarni smartfonlariga yozib olishgan. 18 mingdan ortiq yozuvlar tahlil qilindi, natijada olimlar kasallikning mavjudligini ko'rsatadigan 14 ta akustik xususiyatni aniqlashdi.

Tajriba davomida kasal odamlar va sog'lom odamlar o'rtasidagi ovozda sezilarli farq aniqlandi. Olimlarning fikricha, bu usul tibbiyotda kasallikka tashxis qo'yishda katta burilish bo'lishi mumkin, deb xabar beradi sportmk.ru.