Qani edi yoz tugamasa...

    Ajoyib kayfiyat uchun ruhiyatshunosdan 7 ta maslahat

    Yoz tugab, oʻrnini maftunkor kuzga boʻshatib berdi. Kuz tarovati hamisha ijodkorlar uchun ilhom manbai boʻlib kelgan. Ayni toʻkin-sochinlik payti. Shu bilan birga iliqlik va quyoshga talpinadigan fasl. Baʼzan koʻngil yozning ketishini xohlamayotgandek tuyuladi. Ammo saraton taftini oddiy tartiblar bilan ham uzaytirish mumkin.

    Yozda biz yilning boshqa vaqtlariga qaraganda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Va bu tasodif emas, buning oʻziga xos sabablari bor. Bu qisman yozda amalda boʻlgan baʼzi xulq-atvor stereotiplari bilan bogʻliq. Ammo salqin mavsumda yozgi odatlarga rioya qilishimizga kim toʻsqinlik qiladi? Bu oson, harakat qilib koʻrish kerak, xolos.

    Quyoshdan toʻsuvchi koʻzoynak taqing

    Yozda quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak har doim yonimizda boʻladi. Ammo sentyabrning boshlanishi bilan koʻpchilik ularni keyingi may oyigacha javonga qoʻyadi.

    Lekin bu notoʻgʻri! Salqin mavsumda yorqin nurning koʻz shox pardasi uchun xavfi yoznikidan koʻra kam emas. Shuning uchun kuzda quyoshdan saqlaydigan koʻzoynak taqishni unutmang. Faqat kuz uchun yorugʻlik linzalarini tanlang, ular yozdagiga qaraganda koʻproq yorugʻlik beradi.

    Suzing

    Yozda dengizda suzishni uddalay olmagan boʻlsangiz ham, ehtimol siz eng yaqin daryo yoki koʻlga borgansiz. Yozgi suv muolajalaridan keyin siz nafaqat kuchga ega boʻldingiz, balki tanangiz ham uygʻunlashdi. Suv muolajalarini davom ettirishingiz mumkin. Bundan tashqari, suzish nafas olish mushaklarini kuchaytirishi va oʻpka hajmini oshirishga yordam beradi, yurak-qon-tomir va mushak-skelet tizimlari faoliyatini yaxshilaydi, shuningdek, chiniqishning samarali usuli hisoblanadi. Ammo hozirgi pandemiya sharoitida ehtiyot choralarini unutmang.

    Meva va sabzavotlarni koʻproq isteʼmol qiling

    Yozning yana bir yaxshi bonusi — toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻdan uzilgan mavsumiy meva va sabzavotlardir. Kuz va qishda organizm vitaminlarga qattiq ehtiyoj sezadi. Shuning uchun koʻkatlar, yangi meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishga harakat qiling. Bu kuniga kamida 500 g tashkil etishi kerak. Shunda yurak soat kabi ishlaydi va xolesterin meʼyorida boʻladi, ovqat hazm qilish jarayoni maromida kechadi. Kuz mavsumida keyingi hosilga qadar rezavor meva va koʻkatlarni muzlatib qoʻying.

    Koʻproq suv iching

    Yozda kuniga ikki litr suv ichish oson. Shuning uchun yozda biz qoʻshimcha vaznni yoʻqotamiz va terimiz yana-da elastik boʻladi. Suv metabolizmga, barcha ichki organlarning ishi va vaznning kamayishiga yordam beradi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining fikriga koʻra, odam 1 kg vazniga 30 ml suv isteʼmol qilishi kerak — hatto kuz va qishda ham.
    Quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalaning

    “Salqin kuz” quyoshining nurlari teriga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun uydan chiqishdan oldin quyoshdan saqlovchi krem surtishni unutmang. Kuz uchun past darajadagi kremlar muvofiq keladi. Agar yozda SPF 20 kremini ishlatgan boʻlsangiz, kuzda SPF 10-15 kosmetikasidan foydalansangiz boʻladi.

    Koʻproq yuring

    Yozning iliq kunlarida biz koʻproq ochiq havoga intilamiz. Sovuq mavsumda uchrashuvlar kafega oʻtkaziladi va koʻchada sport bilan shugʻullanish haqida gap boʻlmaydi. Ammo, allaqachon vitaminlardan mahrum boʻlgan tananing ajoyib ohangda qolishi uchun siz butun yil davomida harakat qilishingiz kerak! Issiq kiyining, sayrga chiqing, velosipedda uching — sentyabr va oktyabr oylarida bu juda yoqimli. Yoki kuzgi yaproqlar bilan oʻralgan, oʻzingiz tugʻilib oʻsgan shaharga, soʻlim maskanga sayrga boring. Umuman olganda, bir joyda oʻtirmang! Ammo karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishni aslo unutmang!