Bundan tashqari, modda saratonga qarshi kurashda kimyoterapiya samaradorligini oshirishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumki, qariyalarda qarigan hujayralarning to'planishi sog'lig'ining yomonlashishiga olib keladigan yoshga bog'liq kasalliklar chastotasining oshishi bilan bog'liq. So'nggi kashfiyotlar qarigan hujayralarni tanlab bartaraf etadigan senolitik dorilarni, shuningdek, qarish bilan bog'liq sekretor hujayralar fenotiplarini to'sib qo'yadigan senomorf dorilarni yaratish imkonini berdi. Biroq qarishga qarshi xavfsiz dorilar hali ham yetarli emas.

Endilikda mutaxassislar senomorf dori vositalariga yangi nomzodlarni aniqlash maqsadida tabiiy dori vositalari “kutubxonasi”ni keng ko'lamli “skrining”dan o'tkazishdi. Ko'pgina o'simliklarda uchraydigan past molekulyar fitokimyoviy komponent bo'lgan rutin moddasi tadqiqotchilarning e'tiborini tortdi.

U SASP ekspressiyasini kamaytirish orqali qarigan hujayralarga ta'sir qilish qobiliyatiga ega. Uning ishlash mexanizmi kasalliklarga olib keladigan, qarigan hujayralar tufayli yuzaga kelgan, hujayradan tashqaridagi yallig'lanishlarni nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, rutin kimyoterapiya ta'sirini kuchaytirishga yordam berishi aniqlandi, deb xabar beradi lenta.ru.