“Obodli uy kommunalchi” UJMSH tasarrufidagi koʻp qavatli uylarning mulkdorlariga tegishli toʻlov kvitansiyalarini oʻrganib chiqish natijasida kommunal toʻlovlar uchun yigʻib olingan 729 mln. soʻm mablagʻ belgilangan hisob raqamga kirim qilinmaganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot uchun: ushbu uylarning bugungi kundagi majburiy badaldan debitor qarzdorligi 500 mln. soʻmga yaqin.