Unga ko'ra, Jahon banki tomonidan “O'zbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga shoshilinch choralar ko'rish” loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan jami 95 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag'larini ajratish ma'qullanmoqda.

Loyiha mamlakatimizda sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta'minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishni ko'zda tutadi.

Soliq kodeksiga muvofiq, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan qarz mablag'lari (qarzlar) hisobiga yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan  tovarlar (xizmatlarni) qo'shilgan qiymat solig'idan va hududga olib kirilgan tovarlar aktsiz solig'idan ozod etilishi belgilanmoqda.

Mazkur loyiha doirasida O'zbekiston Respublikasining ulushi
jami 11,75 mln. AQSH dollarini jumladan, 6,88 mln. AQSH dollari miqdoridagi soliq imtiyozlari va 4,87 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsion davr mobaynidagi Respublika byudjetidan amalga oshiriladigan to'lovlarni tashkil etilishi inobatga olingan.

Moliya va Sog'liqni saqlash vazirliklari Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditidan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun mas'ul ijro etuvchi vazirliklar hisoblanadi.

Qaror loyihasi joriy yilning 22 may kuniga qadar jamoatchilik muhokamasida bo'ladi.

Rauf Nurullaev