Avtovokzalda yo'lovchilarni tushirish va avtobuslarga chiqarish maydonchalari, engil mashinalar uchun avtostoyanka, tungi yoritish chiroqlari, o'rindiqlar hamda 2 ta stella o'rnatish rejalashtirilgan. Shuningdek, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish do'konlari, avtovokzalga kirib chiqishda nazorat o'tkazish punktlari tashkil etiladi. 

Hozirda avtovokzal oldidagi binolar fasad qismini ta'mirlash, 200 metr piyodalar yo'lakchasi qurish, 120 metr joyga lotoklar o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari mavjud eski transformator demontaj qilib olinib, yangi transformator o'rnatilmoqda.