Qarshida ekologiya boshqarmasi noroziligiga qaramasdan daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Qarshi davlat universitetining 6 nafar masʼul xodimlariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish) 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatildi.

Ushbu holatda tabiatga 285 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.