“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi hamda yoʻlovchilarga qulaylik yaratib, koʻproq transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida 2021-yil 20-oktyabrdan 20-noyabrgacha Qarshi-Samarqand-Qarshi yoʻnalishida 772/771-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Qayd etilishicha, bir oy mobaynida Qarshi-Samarqand yoʻnalishida harakatlanadigan 772-sonli “Afrosiyob” poyezdi Qarshi temir yoʻl vokzalidan soat 12:20da joʻnaydi. Samarqand-Qarshi yoʻnalishida harakatlanadigan 771-sonli “Afrosiyob” poyezdi esa Samarqand temir yoʻl vokzalidan soat 14:30da joʻnaydi.
Taʼkidlanishicha, har ikkala shahardan qatnovlar har kuni amalga oshiriladi.