“Qarshi-Sankt-Peterburg” yoʻnalishidagi parvozning qoldirilganiga nima sabab boʻldi?

    Transport 27 Iyul 2021 563

    “Azur Air” aviakompaniyasining ZF-5044-sonli Boing-739 samolyotida Qarshi-Sankt-Peterburg yoʻnalishidagi 27.07.2021-yil soat 5.00 da bajarilishi kerak boʻlgan charter qatnovning qoldirilgani “Qarshi” aeroportidan uchib ketishi kerak boʻlgan yoʻlovchilar eʼtiroziga sabab boʻldi.

    “Uzbekistan Airports ” AJ matbuot xizmati maʼlum qilishicha, havo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki ogʻirligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqidagi qarorni qabul qildi.

    Yoʻlovchilarga “Qarshi” aeroportining masʼul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab boʻlgan holatlar haqida maʼlumot berildi.

    Hozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 yoʻlovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ularni mehmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan taʼminlash kabi masalalar tezkorlik bilan hal qilinmoqda.