“Yo'nalishga 16 ta avtobus chiqardik. ertalabdan yo'lovchi tashishga kirishdi. Grafik bo'yicha oraliq vaqt 5 daqiqadan oshmaydi. Avtobuslar elektron tablo bilan jihozlangan. Yo'nalish oxiri va boshida muntazam dezinfektsiya qilinmoqda”, - deydi “SHarofiddin Nurillo” MCHJ rahbari Narzulla Namozov.
Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, 2-sonli “Qarshi-Beshkent” yo'nalishida ham avtobuslar soni ko'paytirilgan. Hozirda bu marshrut bo'yicha 30 ta avtobus harakatlanmoqda. Albatta, bu kabi yangiliklar aholiga keng qulaylik yaratishi bilan ahamiyatli.