Maktabning tashqi pardozlash ishlari deyarli yakunlandi. Fasad ishlari va maktabning ichki pardozlash ishlari boshlanadi. Gʻisht va poydevor ishlarining 80 foizdan ortigʻi nihoyasiga yetdi. Hudud atrofi ham obodonlashtirilmoqda.
Maktab joriy yil dekabr oyida foydalanishga topshiriladi. 3 qavatli binoda oʻqituvchilar uchun mehmonxona, oʻquvchilar uchun 168 oʻringa moʻljallangan yotoqxona bunyod etiladi. Sport oʻyingohi va maydonlari, dam olish uchun keng hovlilar boʻladi.
Bosh pudratchi “Pudina Quvonchbek” MJCH tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlariga 200 dan ortiq usta, meʼmor va ishchilar jalb qilingan.