Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Bahromjon Olmatov ishtirok etdi.

Mazkur markazda 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar kompyuter savodxonligi boʻyicha bepul oʻqitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oʻquv markazi, robototexnika oʻquv markazi va kibersport yoʻnalishlaridan tashkil topgan.

Mazkur markazning ochilishi ushbu tumanlar yoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bayram sovgʻasi boʻldi.