Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, korxonaning ish faoliyatiga omadlar tiladi.

Avvalroq, Kitob tumanida ham “Kitob ip-yigiruv” AJning 7200 tonna ip-kalava ishlab chiqaruvchi 2-bosqichi, ishga tushirilib, 600 ta ish oʻrni yaratilgan edi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar yana umumiy qiymati 151,4 mln. dollar boʻlgan 3 ta shu kabi quyidagi yangi korxonalar ish faoliyatini boshlaydi:

Qarshi tumanida loyiha qiymati 100 mln. dollar boʻlgan “LT Tekstil International" MCHJ xorijiy korxonasining yiliga 15 000 tonna aralash ip-kalava ishlab chiqaruvchi 2-bosqichi (ish oʻrni 850 nafar);

Koson tumanida loyiha qiymati 33,4 mln. yevrolik “Bunyodkor” MCHJ tomonidan yiliga 5,9 ming tonna ip-kalava, 3,9 ming tonna mato, 8,0 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan 2-bosqichi (ish oʻrni 600 nafar);

Shahrisabz tumanida “Oqsaroy klaster” MCHJning loyiha qiymati 20,4 mln. dollar boʻlgan, quvvati yiliga 7000 tonna ip-kalava ishlab chiqarish loyihalaridir (450 nafar ish oʻrni).

Mazkur korxonalarni foydalanishga topshirish natijasida viloyatda paxtani qayta ishlash darajasi 53 %dan 88%ga oshirilishiga hamda koʻshimcha yangi 1950 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishiladi.