Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo viloyati filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.S. filialning amaliyot boʻlimi masʼul shaxslari bilan til biriktirib, fuqaro N.E. nomiga “U.C.” MCHJni tashkil etib, MCHJga 1,9 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, shundan 1,1 mlrd soʻmini turli subyektlarga mahsulotlar sotib olish uchun oʻtkazish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.