Maʼlum boʻlishicha, u 1983-yilda tugʻilgan fuqaroga 2019-yilda shahar hokimligi tomonidan ijaraga berilgan 35 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu mablagʻ shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilishi kerakligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mutaxassis ham pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.