—- Ushbu inklyuziv taʼlim markazida imkoniyati cheklangan yoshlarga kosibchilik, hunarmandchilik, ingliz va rus tillari, zargarlik hamda rassomchilik yoʻnalishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar beriladi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi Malika Alixanova.

Markazga 50 nafardan ortiq imkoniyati cheklanganlar qamrab olinib, darslar koʻngilli volontyor-yoshlar hamda maxsus maktablardagi tajribali oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.