Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining 14.07.2023-yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor X.A.dan undiruvchi “Kapital bank” Toshkent shahar filiali foydasiga 367.430.147 soʻm miqdorida kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha Byuroning Yangihayot tuman boʻlimi ish yurituvida mavjud.
Qarzdor fuqaroga kredit qarzdorligini qonun talablari asosida ixtiyoriy muddat berildi.
Biroq fuqaro ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni qoplamaganidan soʻng Byuroning tuman boʻlimi davlat ijrochisi D.Ziyatov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan harakatlar natijasida garovdagi bank krediti evaziga olingan “Malibu 2” avtotransport vositasi toʻlanmagan qarzdorlik summalari uchun xatlanib, elektron-onlayn auksion savdolariga qoʻyildi.
Savdodan tushgan pul mablagʻlari bank foydasiga yoʻnaltiriladi.