Yangi tartiblar Prezidentning 2026 yil 22 sentyabrdagi PF-202-son Farmoni bilan belgilandi.
Endilikda
qarzdorligi sababli elektr energiyasi yoki tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan
isteʼmolchini qayta ulash uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.
Yaʼni, qayta
ulanishda maishiy isteʼmolchilardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari,
yuridik shaxslardan esa 10 baravari miqdorida to‘lov talab etilmaydi.
Elektr
energiyasi uchun tariflarda qanday o‘zgarish bo‘ldi?
Asosiy va
zaxira elektr taʼminotiga ulangan quvvatlari yig‘indisi 750 kVA va undan ortiq
bo‘lgan hamda elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif asosida hisob-kitob
qiladigan isteʼmolchilar uchun yangi tartib belgilandi.
Bunda sutka uch
davrga bo‘linadi:
Tungi davr —
22:00 dan 24:00 gacha va 00:00 dan 06:00 gacha;
Yarim tiqiz davr
— 09:00 dan 17:00 gacha;
Tiqiz davr —
06:00 dan 09:00 gacha va 17:00 dan 22:00 gacha.
Yangi tartibga
ko‘ra, tungi davrda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar kamaytiruvchi
koeffitsient qo‘llash bekor qilindi.
Yarim tiqiz
davrda esa belgilangan tarif qo‘llaniladi.
Tiqiz davrda
elektr energiyasi uchun belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar oshiruvchi
koeffitsient saqlanib qoladi.
Shu tariqa,
mazkur toifadagi isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi qiymati uni qaysi vaqtda
isteʼmol qilishga qarab hisoblanadi.
Qarzi yo‘q
isteʼmolchilarga to‘lovni bo‘lib amalga oshirish imkoni berildi
Elektr
energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida «namunali isteʼmolchilar» uchun
ham alohida to‘lov tartibi joriy etildi.
Qarzdorligi
bo‘lmagan va zamonaviy hisoblagichlar bilan taʼminlangan isteʼmolchilar hisobot
oyi boshiga qadar 15 foiz miqdorida oldindan to‘lov qilishi mumkin.
Qolgan mablag‘
esa oy davomida to‘lanadi.
Bunda
qarzdorlik sababli tarmoqdan uzilib qolish qoidalarni buzish holati sifatida
baholanmaydi.
Issiqxonalar
uchun gaz to‘lovida ham yengillik bor
Tabiiy gazdan
foydalanuvchi issiqxona xo‘jaliklari uchun ham alohida to‘lov tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra,
oktyabr-mart oylarida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun 50 foiz miqdorida oldindan
to‘lov amalga oshiriladi. Qolgan qismi oy yakuniga qadar to‘lanadi.
Keyingi
oylardan boshlab esa 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi.
Mazkur tartib
avvalgi oyda qarzdorligi bo‘lmagan issiqxona xo‘jaliklariga nisbatan qo‘llaniladi.
Yangi
o‘zgarishlar elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanuvchilar uchun to‘lov
tartibini yengillashtirish, ortiqcha xarajatlarni bartaraf etish hamda
hisob-kitoblarni yanada qulaylashtirishga qaratilgan.