Majburiy ijro byurosi bu kabi xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.
Byuroning axborot xizmati rahbari Farrux Toshpoʻlatovning aytishicha, fuqarolarimizning ijro ishlari haqidagi qarzdorligi haqidagi xabarlar avvalo, “SMS xabarnomalar” orqali maʼlum qilib boriladi.
Qolaversa, fuqarolar yuzaga kelayotgan qarzdorliklar haqida maʼlumotlarni olish va xorijga chiqish oldidan taqiq bor yoki yoʻqligini mobil telefon orqali ham bilib borish mumkin.
Mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun Google tizimi orqali Play Market ilovasidan, shuningdek IOS (Iphone) tizimi foydalanuvchilari App Store ilovasidan ham MIB.UZ mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.