Qarzdorlik evaziga «Lacetti« xatlandi

    Qarzdor bir necha marta ogohlantirilgan va imkoniyat berilgan.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining 15.09.2023 yil hamda 25.04.2023 yildagi ijro varaqalariga asosan qarzdor «Jumanazarov Xondamir» fermer xoʻjaligidan «Hududiy elektr tarmoqlari»AJ foydasiga 19 mln hamda «AgrodonAAA» MCHJ foydasiga 46 mln. soʻmlik qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi tumani boʻlimiga kelib tushgan.

    Ushbu ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qarzdor bir necha marta ogohlantirilgan va imkoniyat berilgan.

    Ammo berilgan imkoniyatdan toʻgʻri foydalanmagan, qarzdorlikni umuman bartaraf etmagan qarzdorning «Lacetti» rusumli avtotransport vositasi Byuroning Qarshi tumani boʻlimi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida xatlandi.

    Kelgusida qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu avtotransport vositasini onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari koʻriladi.