Isteʼmolchiga koʻra, gaz idorasi tomonidan uning tabiiy gazdan 1 million 101 ming 60 soʻm qarzdorligi maʼlum qilinib, uni toʻlash soʻralgan. Fuqaroning xonadoniga oʻrnatilgan ASKUG gaz hisoblagich uskuna koʻrsatkichi boʻyicha esa aksincha, yaʼni 400 ming soʻm atrofida haqdorligi boʻlgan.
– Murojaatni oʻrganish jarayonida bu masalada tuman gaz idorasidan rasmiy javob xati olindi. Unda xonadonga yangi, zamonaviy gaz hisoblagich oʻrnatilgani, lekin eski gaz hisoblagichdan 153 ming 140 soʻm qarzdorlik qolib ketgani, 1 million 101 ming 60 soʻm qarzdorlik esa noreal qarzdorlikligi va xatlov asosida hisobdan chiqarilishi, xonadondagi yangi gaz hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha isteʼmolchining 376 ming soʻm 580 soʻm haqdorligi mavjudligi maʼlum qilindi, – deydi Fargʻona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi Farhodjon Rasuljonov.