Byuroning Yashnobod tuman boʻlimi ish yurituvida sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor “D.G.« MCHJdan undiruvchi AT «Orient finans” bank foydasiga jami 9,1 mlrd. soʻm qarzdorlikni undirish va undiruvni garovdagi mulki boʻlgan uchinchi shaxslar boʻyicha fuqaro M.S.ga tegishli boʻlgan 536 kv.m. boʻlgan noturar bino hamda fuqaro A.D.ga tegishli boʻlgan umumiy yer maydoni 1.091,50 kv.m.dan iborat boʻlgan uyga qaratish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati boʻyicha Qonunning tegishli moddasiga asosan ijro ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan. Qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda kredit qarzdorligi bartaraf etilmagan.
Shundan soʻng, ijro harakatlariga kirishildi va uchinchi shaxs boʻyicha fuqaro M.S.ga tegishli boʻlgan noturar bino auksion savdosiga chiqarilib, 3 mlrd. 600 mln. soʻmga sotildi.
Bundan tashqari, garovdagi A.D.ga tegishli boʻlgan umumiy yer maydoni 1.091,50 kv.m. iborat boʻlgan uy garov mulki xolislar ishtirokida xatlangan va tegishli tartibda dalolatnoma tuzilgan.
Byuroning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan garovdagi ikkinchi koʻchmas-mulk ham auksion savdolariga chiqarilib, 8,4 mlrd. soʻmga sotildi. Savdolardan tushgan pul mablagʻlari qoldiq kredit qarzi uchun bank foydasiga yoʻnaltirilib, qolgan pul mablagʻlari garovga qoʻyuvchi shaxslarga qaytarib berildi.
Mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan amalda ijrosi taʼminlandi.