Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham qisqa muddatli davolanish taʼtiliga chiqib, bugundan ish faoliyatiga toʻliq qaytdi. Taʼtil taassurotlari bilan oʻrtoqlashdik:
“Taʼtilimni nafaqat davolanish bilan balki, kitob mutolaasi, oilaviy spektakl tomoshasi va kechki paytda 3-5 km. masofada piyoda yurish hamda boshqa foydali mashgʻulotlarga bagʻishladim, – deydi ancha tetik boʻlib qaytgan viloyat hokimi. – Uyqu oldi va sayr davomida MTRKning «Audio kitoblar” rukni ostida berib borilayotgan retro asarlarni ayrimlarini tingladim. Ayniqsa, Kaykovusning “Qobusnoma” asari katta taassurot qoldirdi.
Aloqa vositalari ishlatmaslikka, faqat erta tong yangiliklardan xabardor boʻlish uchun “kun.uz”, “daryo.uz”, “qashqadaryo.uz”, “davletovuz”, “Xushnudbek.uz”, “Zafarbek Solijonov”, “Asanov formati”, “nasafnews.uz”, “qashqadaryo24/7″ telegram kanallari va tuman/shahar hokimliklari rasmiy kanallarini birrovga kuzatib bordim. Tezkorlik zamonida yangiliklardan ortda qolib boʻlmaydi”, – degan viloyat hokimi.