Bu borada meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada ishga solinmagan katta zaxira borligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, “Qoʻshrabot agrostar” kompaniyasi masʼul boʻlgan Samarqand va Navoiydagi 84 ta mahalla mayiz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 5 million dollar investitsiya kiritilib, Qoʻshrabot tumanida mayizni saralash, saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks tashkil etilmoqda.
Qolgan 15 ta “Agrostar” kompaniyasi ham shunday ishlasa, 1 mingta ixtisoslashgan mahallaning oʻzidan 500 million dollar eksport, qoʻshimcha 100 ming odamni daromadli qilish mumkin.
Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimlariga banklar bilan hamkorlikda oʻz hududida “Agrostar” kompaniyalarini tashkil qilish topshirildi.








