9-mart kuni Turk rejissyori Kubilay Erdilikara tomonidan Qashqadaryo teatrida sahnalashtirilgan N.Gogolning “TENTAKNING YOZMALARI” spektakli festival doirasida eng muvaffaqiyatli namoyishlardan biri boʻldi.
Spektakl tomoshabinlar va xalqaro jamoatchilik tomonidan katta qiziqish, davomli olqishlar va katta eʼtirof bilan qarshi olindi. Tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.