Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” MCHJ rahbari A.E. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ajratilgan mablagʻlarning 514,8 mln soʻmini boshqa maqsadlarga sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.