Hozirda Qarshi shahridan 176 km uzoqlikda joylashgan XIV asr ziyoratgohi va masjidi bo‘lgan “Langar ota” hamda “Maydanak” observatoriyasi hududigacha bo‘lgan yo‘l, elektr taʼminoti, suv va oqova suv infratuzilmasi o‘rganilib, tegishli loyiha ishlab chiqilmoqda.

Soha mutaxassislari dengiz sathidan 2650 metr yuqorida bo‘lgan “Maydanak”  observatoriyasida bo‘lib, Maydanak tog‘larining 7900 gektar archazor hududlarida o‘tov, "camping", "glamping", eko-uylar, yengil konstruksiyali konteynerlar joylashtirishni muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, Ko‘kbuloq, O‘rtadara, Chuqurqishloq, Kattao‘ra, Bog‘obod qishloqlarida 100 dan ortiq mehmon uyi barpo etish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni diversifikatsiyalash orqali hududda “Mountain treck” “Mountain bike” va ekstremal turizm xizmatlari rivojlantirish, shu bilan birga, osma dor yo‘li, 3-yulduzli mehmonxona hamda sog‘lomlashtirish majmualari qurish rejalashtirilgan.