Qashqadaryo viloyatida tajriba sifatida vaqtinchalik o'rinbosarlar ish boshladi

    Ijtimoiy hayot 18 Yanvar 2021 2266

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

    Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari - Sodikov Sardor Sodikovich. 1994 yil tug'ilgan. “Global Education in Karshi” nodavlat ta'lim muassasasi rahbari.

    Viloyat hokimi o'rinbosari - Toxirov Adxam Zoxid o'g'li. 1993 yil tug'ilgan. O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab - quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyati bo'linmasi boshlig'i.

    Viloyat hokimi o'rinbosari - Poyonov Temurbek Olimovich . 1993 yil tug'ilgan. YOshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

    Viloyat hokimi o'rinbosari - Toshtemirov Sanjar Jumaniyazovich. 1986 yil tug'ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish va servis kafedrasi dotsenti, yosh tadqiqotchi olim.

    Viloyat hokimi o'rinbosari - Qodirov Farrux Ergash o'g'li. 1993 yil tug'ilgan. TATU Qarshi filiali magistranti.