Qashqadaryo viloyatiga kislorod uskunalarining birinchi partiyasi olib kelindi

    Joriy yilning may oyida UNICEF tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Viloyat bolalar shifoxonasi va Viloyat perinatal markaziga kislorod uskunalarining birinchi toʻplami yetkazib berildi.

    Bu haqda tashkilot axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, keltirilgan tibbiy uskunalar yordamida tibbiyot xodimlari ogʻir ahvoldagi yangi tugʻilgan chaqaloqlar va onalarning hayotini saqlab qolish uchun tezkor harakatlarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

    UNICEF tugʻruq vaqtida va undan keyingi davrda hayotni saqlab qoluvchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun koʻmak berishda davom etmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning omon qolish koʻrsatkichlarining oshishiga xizmat qiladi.

    "Kislorod uskunalarini yetkazib berish UNICEFning COVID-19 ga qarshi kurash vositalaridan foydalanishni tezlashtirish uchun taʼminotni moliyalashtirish fondi yordamida amalga oshirildi, deyilad xabarda.