Tumanlar kesimida tahlil qilinganda Qashqadaryoda eng past natijalarni G'uzor (2,1 foiz) va Dehqonobod (2 foiz) ko'rsatgan.
Qolaversa, moliyalashtirishdagi muammolar tufayli viloyatda 14 ta loyiha to'liq yakunlanmagan.
"Har to'rtala hududning ayrim tumanlarida, ayniqsa, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarining ko'plab aholi punktlariga er osti ichimlik suvi manbasi yo'qligi sababli aholiga ichimlik suvi tashib berish yo'li bilan etkaziladi. Ichimlik suv tashuvchi transport vositalarining aksariyat qismi esa sanitariya talablariga javob bermaydi. Aholi ichimlik suvni sanitariya talablariga zid ravishda oylar davomida maxsus idishlarda yoki hovuzlarda saqlaydi. Bu esa aholi salomatligiga jiddiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi", deya ta'kidlanadi qo'mita axborotida.
Kanalizatsiya ob'ektlari loyihalarining YAkkabog', SHahrisabz, Kitob tumanlarida kechiktirilishi turli xavflarni yanada kuchaytirayapti.
O'rganishlar jarayonida har to'rtala viloyatdagi aksariyat aholiga suv tayyorlash va uzatish punktlarida suvni zararsizlantirish uskunalari mavjud emasligi aniqlangan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar tahlili mavjud ichimlik suv ob'ektlaridagi suv sifati sanitariya talablariga javob bermasligini ko'rsatmoqda.