Kuni kecha viloyatda agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan “101 reys” badiiy filmining namoyishi oʻtkazildi. Unda Prezident maslahatchisining oʻrinbosari Nodir Jonuzoq, Gʻuzor tumani hokimi Begzod Suyunov, Agentlik Bosh direktorining matbuot kotibi Barno Oʻngboyeva va kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
“101 reys” filmida 2001-yil mashʼum terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti ekipaj aʼzolarining jasorati toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher Toʻlaboyev.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati