Xonadonlar kalitlari viloyat hokimligida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati yoshlarning hayotida real oʻzgarishlar yasamoqda. Uy-joy bilan taʼminlangan yoshlar bu eʼtibor va gʻamxoʻrlikni oʻz kelajagiga boʻlgan ishonch sifatida qabul qilayotganini bildirdi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda Prezident tashabbuslari tufayli koʻplab yoshlarning orzulari roʻyobga chiqayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, topshirilgan xonadonlar barcha zarur sharoitlar va jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil davomida “Yoshlar kuni” munosabati bilan 5 nafar, shuningdek, mustaqillikning 34-yilligi arafasida yana 20 nafar qashqadaryolik yoshga “Prezident sovgʻasi” sifatida uy-joylar topshirilgan. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.