“Kasbi” MFY, Obod mahalla koʻchasida yashovchi fuqaro M.I yashash xonadonida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan boʻz echkiyemarlarni tutqunlikda saqlab, ularni vaxshiylarcha nobud qilayotgani aniqlandi.

Tezkor tadbirda 20 ta echkiyemarning tutqunlikda saqlanayotgani va 43 ta echikemar esa oʻldirilib, terisi shilib olingani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat boʻyicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.Idan 20 ta tirik echkiyemar va 43 ta echkiyemarning terisi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Ushbu holat boʻyicha huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311 850 000 soʻm zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tirik qolgan 20 ta boʻz echkemar oʻzining yashash muhiti boʻlgan Muborak tumanidagi choʻl hududlariga qoʻyib yuborildi.