Xabarda aytilishicha, voqea joriy yilning 13-aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Kitob tumani “Guliston” mahallasida sodir bo‘lgan. Ushbu mahallada yashovchi U.E. bilan T.Q. o‘zaro janjallashib qolgan. T.Q. qo‘lidagi tayoq bilan U.E.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Erkak o‘sha kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov Bo‘limi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov davomida T.Q. jinoyat ishida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamog‘ga olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.