Qashqadaryoda autsorsing tizimi xorijiy korxonalar qoʻliga oʻtishi mumkin

    Biznes 18 Iyun 2021 1700

    Qashqadaryo viloyati hokimligining xorijiy mehmonlarni qabul qilish zalida Zoyir Mirzayev Litva davlatiga tegishli “KONKORD INTERNATIONAL BUSINESS GROUP” korxonasining taʼsischilari bilan muhokamalar olib bordi.

    Muhokamalar chogʻida umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalarining oshxonalarida hamda umum-ovqatlanish sohasida innovatsion yangilik kiritish orqali autsorsing tizimi boʻyicha xizmat koʻrsatish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazish ishlarini samarali tashkil etish orqali aholi salomatligini tiklash masalalari koʻrib chiqildi.

    Kelishuv amalga oshsa loyihaning birinchi bosqichida maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarida autsorsing shartlari asosida, innovatsion usulda xizmat koʻrsatish va (tayyor va yarim tayyor) oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Natijada MTTlarining rahbarlari va pedogog xodimlari faqat taʼlim-tarbiya jarayoni bilan band boʻladilar.