Uchrashuvda Oʻzbekistonda IT bozori va infratuzilmasini oʻrganish, IT Park imtiyozlari va Korea Respublikasidagi IT kompaniyalarning BPO yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida ikki tomonlama istiqbolli hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni IT taʼlimga koʻproq eʼtibor qaratish, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarini amaliyotga kengroq jalb etish hamda ularni Koreyadagi Inha universitetida amaliyot oʻtashlari uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.