Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi 26 yoshli R.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish) bilan qidiruv eʼlon qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinish maqsadida u tashqi koʻrinishini oʻzgartirib, ayollar kiyimida yurgan.

Patrul-post xizmati xodimlarida uning harakatlari shubha uygʻotgan va tekshiruv jarayonida shaxsi aniqlangan. Shunda uning qidiruvda ekani maʼlum boʻlgan.

Hozirda mazkur shaxs qoʻlga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.