Qashqadaryoda AYOQSh 1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    Korxona masʼullari elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagan.

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish oqibatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

    Bu haqda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Xabarda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Navroʻz mahallasidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi tekshirildi. Natijada korxona masʼullari elektr hisoblagichni oʻzboshimchalik bilan almashtirib, dasturga kiritmagani aniqlandi.

    Buning oqibada keltirilgan 1 milliard 85 million soʻm miqdoridagi zarar qayta hisob-kitob qilindi.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.