Qarshi shahriga 17 ta “ISUZU” rusumli maxsus chiqindi tashish texnikalari olib kelinib, “Qashqadaryo ekotrans” MCHJga topshirildi. Avtomashinalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida imtiyozli xarid qilingan, deb yozmoqda rasmiy manba.

Maxsus texnikalarni jamiyatga tantanali topshirish tadbirida viloyat hokimi Murotjon Azimov, shahar hokimi Normo'min Xolboev, tegishli mutasaddilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Avtomashinalar yurtimiz bo'ylab 30-iyuldan 30-avgustgacha o'tkazilayotgan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida topshirilishi ham ramziy ma'noga ega ekani ta'kidlanib, maxsus texnikalar shaharning tozaligi, obodligiga xizmat qiladi.