Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Kattaoʻra” MFY “Kon” qishlogʻi hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yoʻnalishining 38 km.da harakatlanib ketayotgan “DAMAS” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, daraga agʻdarilib ketdi.

FVV qayd etishicha, avtomashinada boʻlgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlarni amalga oshirgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.