Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya“ viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qarshi tumanida faoliyat yurituvchi “K.A.” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar korxonaning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida oʻrnatilgan elektr hisoblagichni yechib olib, jami 361,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.