Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “SH.K.“ MCHJ va “O“ MCHJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 588,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.T.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 106,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi..
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.