Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi fuqaro A.B. yashash xonadonida 2 dona mayning apparati va boshqa qurilmalarni tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulashi oqibatida 372 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Dastlabki tergov davomida fuqaro A.B.ga nisbatan “qamoqqa olish“ tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.