Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani “Beshqoʼton” MFYda hokim yordamchisi boʼlib ishlagan А.T. bir guruh tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari bilan oʼzaro jinoiy til biriktirgan.

Maʼlum boʼlishicha, u davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablagʼlarini oʼzlashtirganlikda ayblanmoqda.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.